Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maxsus sinovlarning o‘tish bali ma’lum qilindi
16.09.2020 17:15,  
510

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xorijiy yoki nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan hamda o‘tkazilgan maxsus sinovlarda (onlayn test, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda) ishtirok etgan talabalarga quyidagilarni ma’lum qildi.

2020/2021 o‘quv yili uchun xorijiy yoki nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus sinovlar (onlayn test, kasbiy (ijodiy) imtihonlar) natijalariga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘tish bali 56,7 etib belgilandi.

«Maxsus sinovlarda (onlayn test, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda) ishtirok etib 56,7 ball va undan ortiq ball to‘plagan talabalardan tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari so‘raladi» - deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан