Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xorijlik ekspert: “So‘mning qadrsizlanishidan xavotirlanmaclik kerak”
5.09.2019 17:33,  
32

MDH davlatlari iqtisodiyoti bo‘yicha mutaxassis Sem Bhutia O‘zbekiston iqtisodiyotining joriy holatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi. Maqolani tarjimasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Joriy yil o‘zbek so‘mi uchun juda “og‘ir keldi”. Yanvardan boshlab so‘mning 1 AQSh dollariga nisbatan kursi 8340 so‘mdan 9374 so‘mgacha, ya’ni 11 % ga ko‘tarildi. So‘mning narxi, ayniqsa, avgust oyida keskin pasaydi. Markaziy Osiyo davlatlari valyutalari ham avgust oyida pasaydi. Rossiya rublidagi depressiya ortidan Tojikiston Markaziy banki somoniy narxini pasaytirdi. Qozoq tengesi ham pasayish tendensiyasida.

Grafik o‘zbek so‘mining qo‘shnilarnikiga nisbatan qanchalik kuchsizlanib qolganligini ko‘rsatmoqda. So‘m faqatgina avgust oyida bu uchala davlat valyutalarining (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston nazarda tutilyapti – tahr.) butun yil davomida arzonlashganidan ham ko‘proq darajada pasaygan. Bu pasayish qisman O‘zbekiston Markaziy bankining tijorat banklariga dollar sotishni ruxsat bergani bilan ham bog‘liq.

Biroq asosiy faktor bu — shu yil nihoyatda oshib ketgan joriy hisob balansidir. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilning I choragidagi 226 mln dollardan 2019 yil I choragida 733 mln dollarga yetgan (224 % o‘sish).

Oddiy qilib aytganda, O‘zbekiston chetga kamroq narsa sotib, ko‘prog‘ini sotib oladi. Xalqaro bozorlarda tovarlarni sotib olish uchun dollar kerak bo‘lganda, bu dollarlarga bo‘lgan talabni kuchaytiradi (va shu sababli u so‘mga o‘z bosimini o‘tkazmoqda). Ammo bu yerda muhim narsa — O‘zbekiston nimani sotib olayotganidir. Bu rivojlanayotgan iqtisodiyotga yordam beradigan mashina va uskunalarga taalluqlidir. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mahsulotlar 2019 yilning dastlabki yetti oyi davomida jami importning 44 foizini, jami 6,1 milliard dollarni tashkil etdi.

Mamlakat importining taqsimlanishiga qarab, sarf-xarajatlar iste’molga yoki investitsiyalarga sarflanganini aniqlashga yordam beradi. Iste’moldan farqli o‘laroq, investitsiya xarajatlari uzoq muddatli ta’sirga ega — foyda keltiradi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Hozirgi so‘mga past bosim o‘tkazayotganiga qaramay, importning keskin o‘sishi kelajakda foydali ta’sir ko‘rsatadi va darhol tashvishga sabab bo‘lmasligi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан