Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xotini bor erkakka nega qo‘shnining xotini qiz ko‘rinadi? Eri bor ayol nega xiyonat qiladi? (18+)
14.05.2021 17:45,  
15723

Agar buni chuqurroq kavlab borilsa oxiri borib belkurak taraq etib bitta toshga tegadi. O‘sha toshni olib bunday qarasangiz unga "Biologiya" deb yozib qo‘yilgan bo‘ladi.

Siz evolyusiyaga ishonmasligingiz mumkin, lekin hayotingizni yaxshilab kuzatsangiz jamiyat ham, din ham evolutsion qoidalarni qaysidir darajada qabul qilayotganiga guvoh bo‘lasiz. Qisqasi, evolutsion nuqtai nazardan har bir biologik o‘zidagi biologik tur estafeta tayoqchasini o‘zidan keyingi o‘zidan kuchliroq vakilga topshirishga harakat qiladi. Bu missiya turning stabilligini ta’minlashdan iborat. Bu narsa bizning genomimizda mujassam. Avval boshda berilgan savolga qaytamiz.

Erkak individ biologik nuqtai nazardan imkon qadar o‘zidan ko‘proq nasl qoldirishga harakat qiladi. Uning ayollarni ko‘rganda og‘zining suvi oqish sababi mana shundan. U ongsiz ravishda bunga butun vujudi bilan harakat qiladi. Agar erkak ongli ravishda buni boshqaraman desa gormonlar ishga kirishadi. Odam nerv sistemasini boshqarishi mumkin, lekin gormonlarni nazorat qila olmaydi. Qisqasi organizm ichidagi programma manaman degan erkakni ayol oldiga boshlab boradi.

Muhabbat o‘yini vaqtini eslang, so‘nggi urunishda yerni chuqurroq "kavlashlashdan" maqsad nima deb o‘ylaysiz? Ha, urug‘ hujayrani imkon qadar tuxum hujayraga yaqin yetkazish istagi. Buni erkakka hech kim o‘rgatmaydi, buni u biologik missiyasi o‘laroq qiladi. 

Ayol kishi nega eriga xiyonat qiladi?

Biz uni jamiyatda o‘zimiz yaratib olgan qoidalarga ko‘ra eridan mehr ko‘rmadi, boshqa-boshqa deb izohlaymiz. Yo‘q, aslida bunday emas. Urg‘ochi organizm ham xuddi erkak kabi o‘z naslini davom ettirishga dasturlashgan. Erkakdan farqli ravishda ayol sog‘lom, baquvvat, kuchli nasl qoldirishga tirishadi. Sog‘lom, baquvvat, kuchli va yashovchan nasl ana shunday erkakdan vujudga keladi. Ana shu dastur uni eng kuchli, eng yashovchan erkak individdan nasl qoldirishga majburlaydi. Bu narsa tabiatda tabiiy ravishda kechadi. Jamiyatda esa biz kuchli va yashovchan erkak individlardan tashqari qalang‘i qasang‘ilariga ham ko‘payish imkoniyatini berganmiz. Ayol eri bo‘la turib boshqa er izlar ekan, bunda u o‘ziga kuchliroq juft izlayotgan bo‘ladi. Buni u ong osti darajasida amalga oshiradi.

Xulosa shuki, erkak mingta ayolga borsa ham uyga qaytadi, chunki uning dasturi shunday tuzilgan. Ayol bir xiyonat yo‘liga kirdimi, endi u qaytmaydi, chunki latta erga hech kim qaytishni istamaydi. Shu bois psixologik jihatdan ayol xiyonati asosida eng katta ayb erkakda yotadi.

Biologiya shunday kuchki, uning qoidalarini hech kim chetlab o‘ta olmaydi. Chetlab o‘tishga harakat bo‘lishi mumkin, lekin uning qoidalari qat’iy va jazosi muqarrar. Amal qilinmasa oxiri voy bo‘ladi.

Bu haqida keyingi postda o‘qiysiz. Hozircha esa shu...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан