Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xotiniga ishlatilgan pampersni yedirgan samarqandlik erkak 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
1.12.2020 18:02,  
514

Samarqandda turmush o‘rtog‘iga majburlab pampers yedirgan erkakka sud sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1 dekabr, seshanba kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova turmush o‘rtog‘ini ayovsiz kaltaklab, unga pampers yedirgan Sh.K. ustidan chiqarilgan sud hukmini e’lon qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra 1985 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan Sh.K. Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) va 105-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Shuningdek, kelgusida mazkur toifadagi jinoyatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanishi uchun sudlanuvchi yashaydigan mahalla fuqarolar yig‘iniga, jinoyatni kvalifikatsiya qilishdagi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni muhokama qilib tegishli chora ko‘rish maqsadida tergov organiga ham xususiy ajrim chiqarilgan.

Sudlanuvchi Sh.K. so‘nggi so‘zida suddan uzr so‘rab, bunday ishlarni takrorlamasligini, uch oy ichida barcha qilmishlarini tushunib yetganligini bildirgan. Shuningdek, qo‘yilayotgan ayblovning o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (103-modda) qismini tan olmasligini, turmush o‘rtog‘ini kaltaklaganini esa tan olishini aytgan. Jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova esa sudga ishonishini va uning chiqargan qaroridan roziligini aytib, turmush o‘rtog‘i tomonidan sud boshidan buyon unga nisbatan ko‘plab bo‘lmagan gaplar aytilganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanayotgani aks etgan ayol videosi tarqalib ketgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, er ayolni muntazam xo‘rlagan va majburlab pampers yedirgan. Erkak turmush o‘rtog‘ini urgani tasvirlangan video internetda tarqalgach uyidan qochib ketgan. 23 avgust kuni erkak Toshkentda qo‘lga olinib, Samarqandga olib ketilgan. Keyinroq Senat mazkur ayol bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga olgandi.

Mazkur ish bo‘yicha boshlangan dastlabki sud majlisida xotiniga pampers yedirgan erkak sudda OAV ishtirok etmasligini so‘ragan bo‘lsa, jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova esa mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilganligi va muhokama qilinganligi uchun sudda OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokiga qarshilik qilmasligini bildirgan. Sud muzokarasida so‘z olgan prokuror rafiqasiga majburlab pampers yedirgan erkakni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан