Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xotira va Qadrlash kunini “G‘alaba va Xotira kuni”ga o‘zgartirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi
13.05.2020 21:47,  
297

"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida 9 may – Xotira va Qadrlash kunini “G‘alaba va Xotira kuni”ga o‘zgartirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

"So‘nggi yillarda yurtimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizning ulug‘lanishi har birimizni xursand qilmasdan qolmaydi. Xususan, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi nomining qayta tiklanishi, “Shomahmudovlar oilasi” haykalining joyiga qaytarilishi va shu kabi boshqa ezgu ishlar qadriyatlarimiz va tariximizga bo‘lgan katta e’tibordan darak beradi.

Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi frontlariga O‘zbekistondan 1 mln 430 ming nafardan ziyod kishi safarbar etilgan bo‘lib, bu o‘sha paytdagi yurtimiz aholisi (6,5 mln)ning 22 foizi urushda qatnashganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, front ortida beshikdagi go‘dakdan boshqa barcha fashizmni yengishda astoydil harakat qilgan. Shuning uchun, fashizm ustidan g‘alaba qozonishda ularning jasorati beqiyosdir. 

So‘nggi yillarda 9 may arafasida “G‘alaba kuni”ni nishonlashga avvalgi yillarga nisbatan ishtiyoq, munosabat o‘zgardi: xususan, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy paradlar va turli tadbirlar misolida.

Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan holda, 9 may Xotira va Qadrlash kuni nomini “G‘alaba va Xotira kuni”ga o‘zgartirishni taklif qilamiz", deyiladi murojaatda.

13 may 21:40 holatiga ko‘ra, murojaatga 884 kishi yoqlab ovoz berdi, 601 kishi esa buni ma’qullamadi.

"Urushda g‘oliblarni xotirlaymiz, tinchligimizni qadrlaymiz. Men qarshiman o‘zgartirilishiga. Hozirgisi bir chiroyli turibdi. Qaysi urushda g‘alaba? Ikkinchi jahon urushi 9 mayda emas, 1941 yil 2 sentyabrda tugagan. O‘z o‘zidan, bu ketishda Ulug‘ Vatan urushi degan jumlaga ham ehtiyoj paydo bo‘ladi. U vatan esa allaqachon yo‘q", deb izoh yozdi Shuhrat Shokirjonov.

"O‘zbekiston xalqi Ulug‘ Vatan urushida g‘alaba qozonib, butun dunyoga tahdid solgan fashizm balosini yengdi. Vatanimizni boshqa urushdan asrasin. Shu g‘alabani nishonlashga haqqimiz bor. Juda o‘rinli taklif. Qo‘llab quvvatlayman!", deydi Sardor Sharapov nomli foydalanuvchi.

"Milliy g‘ururi yo‘q yoki siyosiy fikrlash saviyasi past odamgina 9 mayni g‘alaba bayrami deb nishonlaydi", deydi Nodirbek Asqarov nomli foydalanuvchi.

Muhokamalar davom etmoqda.   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан