Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






XTV onlayn usulda o‘qiydigan bolalarning ota-onalari uchun tavsiyalar berdi
5.09.2020 10:49,  
631

Xalq ta’limi vazirligi farzandi uchun masofadan o‘qitish shaklini tanlagan ota-onalarga tavsiyalar berdi:

Avvalo, siz o‘zingiz va bolangiz uchun odatiy kun tartibini belgilab, unga rioya qilishingiz kerak (uxlash va uyg‘onish vaqti, darslarning boshlanish vaqti, ularning davomiyligi, “tanaffuslar” va boshqalar). 

Kundalik hayotning keskin o‘zgarishi bolaning moslashish imkoniyatlarida sezilarli o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi hamda keraksiz stress va zo‘riqishlarga olib kelishi mumkin.

Ota-onalar va bolaning oila a’zolari sodir bo‘layotgan voqealarga xotirjam, adekvat munosabatni saqlashga harakat qilishlari muhimdir. 

Bolaning hissiy holati to‘g‘ridan-to‘g‘ri kattalar (ota-onalar, qarindoshlar) holatiga bog‘liq. Boshqa mamlakatlardagi ota-onalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘zini izolyasiya qilish rejimiga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi va bu normal jarayon hisoblanadi.

O‘zingizni xotirjam tuting, vazmin bo‘ling, bolalarning virusga oid savollariga javob berishdan qochmang va hokazo, ammo pandemiya holati va uning xavf-xatarlari haqida uzoq munozaralarga sho‘ng‘imang.

Bolalar uchun masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘yicha maktabdan olgan tavsiyalaringizni yaxshi tushunib olishga harakat qiling. 

Siz faqat sinf o‘qituvchisi va maktab ma’muriyatidan olgan rasmiy ma’lumotlarga amal qiling. 

Ushbu jarayonni tashkil etishda maktab ma’muriyati uchun ham vaqt talab etiladi, shuning uchun sizning bu vaziyatni tushungan holda munosabat bildirishingiz bebaho yordam bo‘lishi mumkin, bu esa ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан