Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xufyona iqtisod yoxud biz dunyoning eng kambag‘al 30-40 ta mamlakatiga kiramizmi?
25.09.2019 12:32,  
1413

O‘zbekistonlik tanishlarimdan “Bizda YaIM raqamlari real sharoitni aks ettirmaydi chunki bizda xufyona (yashirin) iqtisodiyot juda katta” degan gaplarni tez-tez eshitib turaman.

Ularning fikricha, biz dunyoning eng kambag‘al mamlakatlaridan biri bo‘lishimiz real sharoitdan uzoq, chunki statistik ma’lumotlarda ancha-muncha narsa hisobga olinmagan. To‘g‘ri, bizda xufyona iqtisodiyot rostdan ham juda katta. Lekin boshqa mamlakatlarda ham xufyona iqtisodiyot ulushi juda katta. Ya’ni bizning xufyona iqtisodimiz bu unikal muammomiz emas, bizdek daromadlarga ega deyarlik barcha mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot YaIMning deyarli yarimiga teng. Biz ham shundan farqli emasmiz.

Gapning qisqasi, biz ulardan ancha boyroq emasmiz, chunki ularda ham xufyona iqtisodiyot kichkina emas. Menimcha, rasmiy ma’lumotlar bu yerda nisbatan juda to‘g‘ri axborotni beradi.

Hatto bizdan bir necha barobar boy mamlakatlar, masalan Gretsiya yoki Italiyada ham xufyona iqtisodiyot YaIMning taxminan 20% ga teng.

Shuning uchun bizning dunyo iqtisodiyoti bilan solishtirilgandagi o‘rnimiz to‘g‘ri — haqiqatdan ham biz dunyoning eng kambag‘al 30-40 ta mamlakatiga kiramiz. Buni uzoq vaqt inkor etishimiz masalani hal qilmaydi, tan olib yechim yo‘llarini qidirish kerak.

Xufyona iqtisod bilan kurashish esa unchalik qiyin emas, qonunlar yaxshi ishlasa va soliq tizimi mantiqiy bo‘lsa odamlar mukkasidan qonunbuzarlik qilgisi kelmaydi.

Bu fikrning ildizi shundaki, Toshkentning markazidan chiqmasangiz, haqiqatdan odamlar unchalik kambag‘al deb o‘ylamasligingiz mumkin. Toshkent markazida istiqomat qiluvchilarning turmush tarzi ko‘zga ko‘rinadigan darajada ayanchli emas, lekin bu mamlakatda masala undan ham yomonligidan dalolatdir. Chunki agar mamlakatning bir qismida turmush darajasi o‘rtacha raqamdan ancha baland bo‘lsa, mamlakatning boshqa joylarida turmush darajasi o‘rtachadan ancha ancha past degani. Yiliga 1500 dollardan ancha kamroqqa yashash BMTning kambag‘allik chizig‘iga yaqin raqam.

Bizda qashshoqlikning real raqamlarini o‘lchashganiga qariyb 16 yil bo‘ldi, shu tadqiqotlarni yana qaytadan o‘tkazish kerak. Oxirgi martda qashshoqlik darajasi o‘lchanganida (2003 yil), aholining 62% qashshoqlik chegarasidan, ya’ni kuniga 1,9 dollardan kam pulga kun kechirishi aniqlangan edi. (Manba: Jahon Banki)

Hozir shu raqam tushganiga aminman, lekin qanchaga tushganini bilmayman.

“Iqtisodchi kundaligi”dan

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан