Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xususiy klinikalar koronavirus bemorlarining davolash standartlarini buzsa, litsenziyasi bekor qilinadi
8.08.2020 12:42,  
109

SSV axborot xizmatining xabar qilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligida “COVID-19” infeksiyasini aniqlash va davolashda qatnashayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari U.Sobirov “COVID-19” infeksiyasini davolayotgan nodavlat tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtimizda jami 14 ta xususiy klinika koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilmoqda. Shulardan faqat 7 tasi davolashni boshlash uchun sanitariya-epidemiologiya qoidalari va davolash standartlariga rioya qilish bo‘yicha Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan shartnoma imzolagan. “COVID-19” infeksiyasini davolayotgan xususiy tibbiyot tashkilotlarining aksariyatida zarur tibbiy asbob-uskunalar yetishmaydi, tegishli mutaxassislar mavjud emas. Eng achinarlisi, ular orasida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga rioya qilmasdan ish yuritayotganlari mavjud.

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlariga koronavirus bemorlarini shifoxonadan tashqarida davolash taqiqlandi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi assistenti Alla Rosstalnaya xususiy klinikalarda “COVID-19” infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarga yuritilgan kasallik tarixlarini tahlil qilar ekan, ularga keragidan ortiq dori-darmonlar, tegishli ko‘rsatma mavjud bo‘lmasada, ikki va undan ortiq antibiotiklar berilganligini, davolash standartlariga zid ravishda infuzion suyuqliklar quyilganligini ko‘rsatib berdi.

Mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, “COVID-19” infeksiyasi bilan kasallanishning dastlabki bosqichida turli infuzion suyuqliklar bilan davolash, bittadan ortiq antibiotikni qo‘llash kasallikning tez suratlarda og‘ir shakliga o‘tib ketishga sabab bo‘lmoqda. Monitoring davomida xususiy tibbiyot tashkilotlarida aynan shunday xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasiga hududiy sanitariya-epidemiologiya tashkilotlari bilan birgalikda xususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bog‘liq faoliyatini monitoring qilib borish, davolash standartlarini buzgan xususiy klinikalarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish, shu jumladan, ularning litsenziyalarini bekor qilish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarini kiritish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан