Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xususiy klinikalarda koronavirusga topshiriladigan test narxlari kim belgilaydi?
6.08.2020 18:35,  
420

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Xususiy klinikalarda test narxlari biror tashkilot tomonidan nazorat qilinadimi yoki ular o‘zlari xohlagan narxda test tekshiruvi o‘tkazishlari mumkinmi?

Javob: Xususiy klinikalar olib keladigan testlarni o‘zlari sotib oladi va shundan kelib chiqib narxlarni o‘zlari belgilaydi.

Savol: OAVlarda bir xil qon bosim pasaytiruvchi dori vositalarni qabul qilmaslik kerak deyilgan. Shuning uchun men shu dorilarni ichishni to‘xtatgan edim. 1 haftadan beri qon bosimim oshib boryapti. Nima maslahat berasizlar?

Javob: Pandemiya boshlang‘ich davrida 2 ta guruh gipotenziv dori vositalari bo‘yicha shunga o‘xshagan ma’lumot bor edi.

Lekin bugungi kunda Yevropa kardiologlar jamiyati tomonidan aytilgan: shifokorlar tomonidan tavsiya qilgan barcha qon bosimini pasaytiruvchi dori vositalarni doimiy ravishda qabul qilish kerak.

COVID-19 da bu dorilarning nojo‘ya ta’sirlari yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан