Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xususiy maktablarda ham 24 yanvarga qadar ta’tilni uzaytirish tavsiya etildi
10.01.2022 09:48,  
32

Avval xabar qilganimizdek, 2022 yil 24 yanvarga qadar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablari pedagog-o‘qituvchilarning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish munosabati bilan ta’til kunlari uzaytirildi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirish, ularning rahbar va pedagog kadrlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida masofaviy ta’lim shakllarini qo‘llagan holda malaka oshirish kurslariga jalb etish maqsadga muvofiq, deyiladi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi bayonotida. 

"Qishki ta’til davrida o‘quvchilarga oziq-ovqat berilmasligi hamda boshqa sarf-xarajatlar qilinmasligini inobatga olgan holda ularning ota-onalaridan shu muddatlar uchun to‘lov undirilmasligi tavsiya etiladi.

Shuningdek, ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ular uchun tashkil qilinayotgan onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiq", - deyilgan xabarda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан