Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






XVF rahbari Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
20.05.2020 18:06,  
553

Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktub yo‘lladi.

“COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlari butun dunyo hamjamiyatiga ta’sir qilayotgan bugungi favqulodda sharoitda men mamlakatingizdagi qiyinchilik va xatarlarni yengib o‘tishda O‘zbekiston xalqi bilan birdam ekanimni bildirmoqchiman,“ — deya boshlanadi noma.

Shuningdek, unda Xalqaro valyuta fondining Ijroiya kengashi joriy haftada ushbu g‘oyat mushkul vaziyatda O‘zbekistonga moliyaviy ko‘mak taqdim etishni ma’qullagani qayd etilgan.

“Ushbu yordam Jahon banki guruhi va Osiyo taraqqiyot bankining ko‘magi bilan birgalikda bugungi sharoitda yuzaga kelgan moliyaviy ehtiyojlarni qondirish imkonini beradi“ — deydi Kristalina xonim.

Xatda prezident tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar davom ettirayotganligi ham aytilgan.

“Shu munosabat bilan ishontirib aytamanki, keyingi yillarda O‘zbekiston va XVF o‘rtasida erishilgan yuqori darajadagi hamkorlikka tayangan holda, zarur maslahat va texnik ko‘makni taqdim etish, mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda moliyaviy yordam orqali O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyormiz“ — deydi XVF rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан