11 sentyabr voqealaridan so‘ng AQSh urushlarga qancha pul sarfladi?

11 sentyabr voqealaridan so‘ng AQSh urushlarga qancha pul sarfladi?

Amerikalik soliq to‘lovchilar 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Yaqin Sharq va Osiyodagi urushlar va harbiy harakatlar uchun $6,4 trln. sarflagan.

Ushbu mablag‘ AQShning 2019 moliya yili uchun federal hukumat tomonidan qilingan xarajatlardan $2 trillionga ko‘proq. Bu haqda Brown universiteti tahlillariga asoslanib CNBC xabar bermoqda.

Hisobotga ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri urushlarda 801 ming kishi halok bo‘lgan. Ulardan 335 minggi tinch aholi vakillari bo‘lgan. Shuningdek, 21 million odam yashash joyini tark etgan.

Hisobot muallifi Neta Kravford so‘zlariga ko‘ra, 11 sentyabr voqealaridan so‘ng, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston hamda Suriyadagi urushlar miqyosi 80 dan ortiq mamlakatga kengaytirildi – “terrorga qarshi global miqyosdagi urushga aylandi”.