Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YaIM, Sanoat, Qishloq xo‘jaligi, daromadlar va soliq tushumlari o‘sgan. Ammo iqtisodiy o‘sish suratlari past — Prezident yig‘ilish o‘tkazmoqda
12.05.2021 11:35,  
92

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda “Darakchi”  ma’lum qilmoqda.

Murakkab pandemiya sharoitida, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganimiz natijasida, iqtisodiy barqarorlikni, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va ish o‘rinlarini saqlab qolishga erishdik”, - dedi davlat rahbari.

Jumladan, birinchi chorakda:

  • yalpi ichki mahsulotimiz 3 foizga;
  • sanoat – 3,8 foizga;
  • qishloq xo‘jaligi – 3,1 foizga o‘sdi.
  • Davlat byudjeti daromadlari prognozga nisbatan 1,9 trillion so‘mga (5,7 foiz), jumladan soliq tushumlari 1,5 trillion so‘mga (6,1 foiz) ko‘paydi.
  • Eksport hajmi yanvar-aprel oylarida 3,2 milliard dollarni (prognozga nisbatan 17 foizga ko‘p) tashkil qildi.

Shu bilan birga, joriy yil uchun reja qilingan 5,1 foiz iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi hudud va tarmoq salohiyatiga nisbatan ancha past.Ayrim tarmoq va hudud rahbarlari yaratib berilgan imkoniyatlardan ham to‘liq foydalana olishmagan. 

Misol uchun, birinchi chorakda:

  • “O‘zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga;
  • “O‘zbekneftgaz” – 4,7 foizga;
  • charm mahsulotlari  – 10 foizga;
  • 74 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,1trillion so‘mga kamaygan.

Jumladan, Toshkent shahrida – 23ta (390 milliard so‘m), Farg‘onada – 4ta (367 milliard so‘m), Qashqadaryoda – 6ta (143 milliard so‘m), Toshkent viloyatida – 12 ta (87 milliard so‘m), Buxoroda – 5ta (22 milliard so‘m), Samarqandda – 4ta (18 milliard so‘m), Surxondaryoda – 9ta (17 milliard so‘m), Namanganda – 3ta (13,5 milliard so‘m). 

So‘nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshgan bir paytda, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22 foizga kamayishini, qanday izohlash mumkin?” – dedi Prezident.

Videoselektor davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан