Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yakkabog‘ hokimi 311 mln so‘mlik «Captiva» xarid qilmoqda
28.05.2021 13:35,  
220

Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev 311 mln. so‘mlik «Captiva» xarid qilmoqda. Avtomashinani xarid qilish masalasi Xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar berdi — deya yozmoqda ’Xalq so‘zi’.

Xarid qilishga sabab qilib, 2014 yilda ishlab chiqarilgan, hozirda yaroqsiz holga kelib qolgan «Gentra» xizmat mashinasi ko‘rsatilgan.

«Savol tug‘ilishi tabiiy: Yaqinda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida tuman va shahar hokimlari xizmat avtotransportining eng yuqori narxi - BHMning 1000 baravari (245 mln. so‘m)dan oshmasligi aytilgan. Nega 311 million?

Ushbu qarorning 1-ilovasida «Borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlar hokimlari uchun xizmat avtotransport vositasini xarid qilishda dvigatelning eng yuqori quvvati 3 000 sm3 gacha oshirilishiga ruxsat etiladi», deya qo‘shimcha qilib ketilgan. Yakkabog‘ tumanining 62.7 foiz maydoni tog‘li hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, «Captiva» avtomashinasi xarid qilish qonunga zid emas, deb topilgan», deydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан