Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yakkabog‘ tumanida er-xotin janjali to‘rt kishining o‘limi bilan tugadi
10.12.2020 13:04,  
3913

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida mudhish qotillik sodir etilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Unda aytilishicha, tumanda er-xotin janjali oqibatida ota qaynonasi, homilador xotini va ikki nafar farzandini pichoqlagan. Tuman IIB tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari qotillikda gumon qilinayotgan otani Qamashi tumanidan ushlab kelgani ma’lum qilingan.

O‘z navbatida, Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinovning bildirishicha, mazkur holat yuzasidan 2020 yil 10 dekabr kuni Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, b, v, j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi mahkama matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан