Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yakkabog‘da Hindiston shifoxonasi filiali ochiladi
21.03.2021 22:54,  
131

Hindistonning «Rubby Hall» shifoxonasi professori, doktor Fahad Nahdi Yakkabog‘ga kelib, tuman hokimi Lutfiddin Abdullayev bilan uchrashdi.

Fahad Nahdi hokim bilan uchrashuvda tumanda Hindistondagi «Rubby Hall» shifoxonasi filialini ochish hamda eng so‘nggi diagnostika texnologiyalari va doktorlarni olib kelib, hamkorlikda ishlash taklifini berdi. Ushbu taklif tuman hokimi tomonida ma’qullanib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.

Fahad Nahdi tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda og‘ir bemorlarni qabul qildi. Ularga kerakli tavsiyalarni berdi.

Ma’lumot o‘rnida: «Rubby Hall» shifoxonasi Hindiston davlatining Puna shahrida joylashgan bo‘lib, mamlakatdagi eng yetakchi shifoxonalardan biri hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан