Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yamandan Saudiya Arabistoniga ballistik raketalar uchirildi
21.02.2020 15:28,  
864

Saudiya Arabistoni havo hujumidan mudofaa qirollik kuchlari Yaman shimolidagi isyonchi xusiylar tomonidan uchirilgan ballistik raketalarni tutib qoldi. Bu haqda arab harbiy koalitsiyasi vakili polkovnik Turkiy al-Malikiyga tayanib, SPA agentligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, raketalar Yaman poytaxti Sanaga qarashli hududdan uchirilgan. Al-Malikiyning aytishicha, xusiylar muntazam ravishda raketalar uchirib turmoqda, ular Saudiya Arabistonidagi tinch aholini yo‘q qilishga qaratilgan.

15 fevral kuni Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi va Yaman shimolini nazorat qilayotgan isyonchi xusiylar Saudiya Arabistoni chegarasida harbiy samolyotni urib tushirgani haqida xabar berilgandi. Isyonchi xusiylarning rasmiy vakili Yahyo Sarianing ma’lum qilishicha, dushman kuchlariga tegishli samolyot havo—yer turiga kiruvchi raketa yordamida urib tushirilgan

Yanvar oyida xusiylar Saudiya Arabistonidagi Saudi Aramco neftni qayta ishlash ob’yektlariga raketa zarbalarini amalga oshirganini ma’lum qilgandi. O‘tgan yilning sentyabrida ham Saudi Aramco hujumga uchragandi. O‘shanda ham hujum bo‘yicha mas’uliyatni xusiylar o‘z zimmasiga olgan, biroq AQSh bunda Eronni ayblagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан