Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 10 ta hududda 211 kishidan koronavirus aniqlandi – O‘zbekiston SSV
16.09.2020 10:10,  
307

2020 yil 16 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 776 (+211) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 92 nafari Namangan viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 45 058 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 313 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан