Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahrida yana aholi orasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi
6.06.2020 10:06,  
742

2020 yil 6 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4022 (+15) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 3 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 3 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Toshkentda «Mediapark» qo‘riqchisida koronavirus aniqlandi

Hozirda mamlakatimizda 759 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан