Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi – O‘zbekiston
11.06.2020 16:41,  
430

2020 yil 11 iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4717 (+22) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Karantin markazidagi  fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent shahrida (3 nafari aholi orasida, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan), 3 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida hamda qolgan 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida Rossiyadan chegara post orqali mamlakatimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3611 (+79) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1087 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан