Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi – O‘zbekiston
22.05.2020 17:19,  
432

2020 yil 22 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3028 (+22) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 11 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 11 nafari esa aholi orasidan qayd etildi. Karantinda bo‘lgan fuqarolarning 6 nafari chet etdan kelgan, 5 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Aholi orasidan aniqlangan holatlarning barchasi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 552 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан