Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3200 kishidan oshib ketdi
25.05.2020 23:16,  
638

2020 yil 25 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3215 (+26) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari Karantin markazida aniqlangan. Ulardan 23 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) yurtimizga kirib kelgan va karantinga olingan. Yana 2 nafari esa Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun karantinga olingan.

Shuningdek, 1 nafari esa Toshkent viloyatida Qozog‘istondan yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2607 (+42) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.

Avval xabar qilganimizdek, sog‘ayganlarning 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 17 nafari Samarqand viloyatidan hamda 21 nafari Toshkent shahridan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 595 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан