Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 267 kishida koronavirus aniqlandi - O‘zbekiston
9.08.2020 17:46,  
265

2020 yil 9 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 464 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar beradi. 

Yangi kasallanish holatlari:

  • Toshkent shahri - 247;
  • Andijon viloyati - 11;
  • Toshkent viloyati - 9 ta holat to‘g‘ri keladi. 

Shu bilan birga, Navoiy shahrida yashagan 61 yoshli B.R. (erkak) hamda Qarshi shahrida yashagan 67 yoshli Q.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 253 nafar, Toshkent viloyatida 214 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 3 nafar, jami 497 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 21 813 (+497) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 459 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан