Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 270 ta radar o‘rnatish joyi kimoshdi savdosiga qo‘yildi
8.10.2021 11:31,  
111

Onlayn kimoshdi savdosiga chiqarilgan radar va kameralar o‘rnatish maydonchalari soni o‘sdi, deya xabar qildi Spot nashri E-auksion ma’lumotlariga tayangan holda.

Hozirda 270 ta yangi lot mavjud. Toshkentda 13 ta manzil auksionga qo‘yildi. Eng ko‘p uchastka Toshkent (72) va Buxoro viloyatlarida (43), eng kami esa Xorazmda (1) sotuvga chiqarilgan.

Har bir lot uchun oxirgi ikki yil ichidagi transport oqimi va aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Shu yo‘l bilan ushbu uchastkadagi qonunbuzarlardan taxminiy daromadni hisoblash mumkin bo‘ladi.

Bu kabi lotlarga bo‘lgan talab yuqori. Savdolar vaqtida narxlar bir necha o‘n barobarga o‘sishi mumkin. Masalan, iyul oyida Xorazmda bir uchastka 40 mln so‘m yoki boshlang‘ich narxidan 27 baravar qimmatroqqa sotildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан