Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 42 kishida koronavirus aniqlandi – Bemorlarning 12 nafari aholi orasidan
6.06.2020 17:07,  
855

2020 yil 6 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4064 (+42) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 2 nafar Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Toshkent shahrida va yana 3 nafari esa Xorazm viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 801 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан