Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana 8 ta hududda 289 kishidan koronavirus aniqlandi – O‘zbekiston
18.07.2020 10:05,  
1009

2020 yil 18 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15896 (+289) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 52 nafari Sirdaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 98 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Jizzax viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 9 nafari Namangan viloyatida hamda 4 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6813 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 70 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан