Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana avariyalar: Bir kunda 5 kishi vafot etdi, 2 kishi shifoxonaga yotqizildi
19.02.2020 11:17,  
1454

Joriy yilning 18 fevral kuni Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida haydovchi O.I. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” rusumli avtobus va qarama-qarshi tomondan harakatlangan F.Q. boshqaruvidagi “Neksiya” to‘qnashib ketgan.

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi F.Q. va ushbu avtomashina yo‘lovchisi F.X.lar voqea joyida vafot etishgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Yo‘lovchilar D.X. va N.R.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. 

Shuningdek, 18-fevral kuni A-373-B “Qo‘qon shahriga kirish” yo‘li Dang‘ara tumani hududidan o‘tgan qismining 14-kilometrida U.A. “Neksiya” avtomobilini boshqarayotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Natijada qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi Buvayda tumanida yashagan Y.A. boshqaruvidagi “Tiko” rusumli transport vositasiga xamda uning ortida harakatlanib kelayotgan Furqat tumanida yashovchi J.Z. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasiga to‘qnashgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Avariya oqibatida “Tiko” rusumli transport vositasi haydovchisi A.Y. va yo‘lovchisi M.B. hamda “Lasetti” rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi M.X.lar voqea joyida vafot etishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXB Boshqarmasi yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni, avtomobillarni ob-havo sharoitini hisobga olgan holda boshqarishni so‘ramoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан