Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana bir davlat Samarqandda Bosh konsulligini ochmoqchi
23.09.2020 19:08,  
245

Samarqand shahrida Qozog‘iston Respublikasining Bosh konsulligi ochiladi. Tegishli farmon qo‘shni respublika prezidenti Qosim-Jomart Tokayev tomonidan chorshanba kuni imzolandi. 

"Samarqand shahrida (O‘zbekiston Respublikasi) Qozog‘iston Respublikasining Bosh konsulligi ochilsin. Qozog‘iston Respublikasi Hukumati ushbu Farmondan kelib chiqadigan zarur choralarni ko‘rsin", - deyiladi Farmonda.

Ushbu Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, hozir O‘zbekistonda 44 mamlakatning elchixonasi mavjud. Faqatgina Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasidan tashqari, Termiz shahrida Bosh konsulligi ochilgan.

Avvalroq 2020 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilishi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан