Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana bir mamlakat biznesini Xitoydan ko‘chirgan tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari va’da qilmoqda
18.08.2020 15:26,  
457

AQSh hukumati ishlab chiqarish quvvatlarini Xitoydan o‘z vataniga o‘tkazgan AQSh kompaniyalariga soliq imtiyozlarini berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatda ish o‘rinlari sonining ko‘payishiga olib keladi.

"Biz Xitoydan AQShga ish joylarini qaytaradigan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlarini joriy qilamiz", dedi Tramp Minnesota shtatidagi o‘z tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida (Reuters prezidentdan iqtibos keltiradi). Uning fikriga ko‘ra, ushbu qaror o‘n oy ichida AQShda 10 million ish joyini yaratadi.

Avgust oyida Donald Tramp bir qator xitoy kompaniyalarini, shu jumladan Alibaba IT-kompaniyasini AQShda ishlashini taqiqlash haqida o‘ylayotganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti, agar Microsoft yoki boshqa AQSh kompaniyasi uni sotib olmasa, Xitoyning TikTok ilovasi 15 sentyabrdan boshlab AQShda ishlashni to‘xtatishini e’lon qilgan edi.

Yaponiya Xitoyni tark etayotgan kompaniyalari uchun subsidiya to‘laydi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан