Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olga Zabelinskaya O‘zbekiston nomidan Tokio-2020 da qatnashadi
22.11.2019 15:55,  
129

Velosport bo‘yicha uch karra olimpiada sovrindori Olga Zabelinskaya Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilishi mumkin, deb yozmoqda RIA Novosti.

Zabelinskaya 2018 yil yozida sport fuqaroligini Rossiyadan O‘zbekistonga o‘zgartirgan edi. Shundan so‘ng u Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) shafeligida musobaqalarda ishtirok etgandi. Biroq olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro olimpiada qo‘mitasi qarori talab qilinadi.

“Olga Tokiodagi olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin”, - deya xabar qiladi O‘zbekiston velosport federatsiyasi, ruxsat olinganmi degan savolga javoban.

Rossiya velosport federatsiyasi prezidenti Vyacheslav Ekimovning so‘zlariga ko‘ra, federatsiya Zabelinskayaning ishtirok etishi uchun qarshilik bildirmagan.

Zabelinskaya 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan olimpiada o‘yinlarida Rossiya sharafini himoya qilib, ham yakka tartibda, ham jamoaviy tartibdagi musobaqalarda 2 bronza medalini qo‘lga kiritgan, Rio-2016da esa kumush medalga loyiq ko‘rilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан