Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana bir toshkentlik bemor koronavirusdan vafot etdi
17.07.2020 10:00,  
487

Yunusobod tumanida yashagan 48 yoshli fuqaro T.Yo. (erkak) tana haroratining ko‘tarilishi sababli namuna topshirgan. Joriy yil 29 iyun kuni unda "COVID-19" aniqlangan va yo‘tal, hansirash belgilari kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga miokard infarkti, "COVID-19" infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘ng o‘pka spontan pnevmotoraksi, nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.  

Tekshiruvlar bemorda avvaldan bronxial astma kasalligi mavjud bo‘lganini ko‘rsatgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

So‘nggi kunlarda shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан