Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana bir xalqaro bank O‘zbekistonga 385 million dollar qarz ajratmoqda
15.08.2020 16:34,  
291

«Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida "Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (482-son, 12.08.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan «Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish» loyihasi uchun 25 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 385, 12 mln AQSh dollari miqdorida qarz berilishi ma’qullangan.

Loyihaning umumiy qiymati 437,62 mln AQSh dollarini, shu jumladan:

  • OIIB qarzi – 385,12 mln;
  • O‘zbekiston hissasi – soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 52,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020-2023 yillar) tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан