Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana bir xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziya to‘xtatildi
25.02.2020 15:57,  
220

“Consort xususiy bandlik agentligi” MChJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga  “Consort xususiy bandlik agentligi” MChJ faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respbulikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomining» 45-bandiga muvofiq, “Consort xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasining amal qilishini 10 ish kuni muddatiga to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

10 kun davomida “Consort xususiy bandlik agentligi” MChJ tomonidan Nizomning 46-bandiga binoan keltirilgan holatlarni ijobiy hal qilish talab qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан