Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana bir xususiy bandlik agentligidagi firibgarliklar fosh etildi
24.02.2020 14:41,  
428

Surxondaryoda xorijga ishga yuborishni va’da berib katta miqdorda aholi mablag‘ini o‘zlashtirgan bandlik agentligi fosh etildi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura departamenti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MChJ, Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborishni va’da berib, 61 nafar fuqarodan 45 million so‘mdan jami 2,6 milliard so‘m mablag‘ yig‘ib olgan. Fuqarolarni ishga yubormasdan, ularning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishgan.

Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019 yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqarolarning 16 500 AQSh dollari hamda 125 mln. so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.

ANiqlangan ushbu va boshqa qonunbuzarlik holatlari yuzasidan “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан