Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana ikkita xususiy bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatildi
4.03.2020 19:01,  
358

“Xorazm xususiy bandlik agentligi” hamda “The Empire xususiy bandlik agentligi” MChJlarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga “Xorazm xususiy bandlik agentligi” MChJ faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomining” 45-bandiga muvofiq, “Xorazm xususiy bandlik agentligi” hamda “The Empire xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasining amal qilishini 10 ish kuniga to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

10 kun davomida “Xorazm xususiy bandlik agentligi” hamda “The Empire xususiy bandlik agentligi” MChJ tomonidan Nizomning 46-bandiga binoan keltirilgan holatlarni ijobiy hal qilish talab qilinadi, deyiladi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан