Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana o‘sha spirtli ichimlik! Vafot etganlar soni 6 nafarga yetdi
7.01.2021 19:22,  
346

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlikdan zaharlangan 6-bemor 6-yanvar kuni vafot etdi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib “Gazeta.uz” ma’lum qildi. Hozirda 6 nafar bemor sog‘aygan, bir nafari esa reanimatsiyada og‘ir ahvolda qolmoqda.
Ushbu holat yuzasidan 2 nafar shaxs: A.S. (sotuvchi) va yetkazib beruvchi ayol N.A.ga nisbatan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Oldinroq To‘raqo‘rg‘on tumanida 2020-yil oxirlarida 12 nafar fuqaro o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi. Aniqlik kiritilishicha, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Sohilobod” mahallasida yashovchi sakkiz nafar yigit Yangi yil arafasidagi bayram dasturxonida qo‘lbola aroqdan zaharlanib, 2020-yil 31-dekabr kuni soat 08:10 da tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limiga olib kelingan.
2021-yilning dastlabki kunlari esa tumanning boshqa mahallalarida yashovchi yana besh nafar fuqaro alkogol surrogatidan zaharlanish tashxisi bilan shifoxonalarga yotqizilgan. Shu tariqa, zaharlanganlarning umumiy soni 13 kishiga yetgan, ulardan biri Mingbuloq tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, zaharlanganlardan dastlab ikki, keyinchalik uch nafari hayotdan ko‘z yumdi. Ularning eng kattasi 52, eng kichigi esa 36 yoshda bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан