Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana o‘sha va’da: 2020 yil internet tezligi 10 barobarga ko‘tariladi
20.02.2020 15:06,  
1467

Xalqaro press-klub 2020 yil Davlat dasturiga bag‘ishlangan turkum sessiyalarini davom etmoqda. Navbatdagi sessiya ijtimoiy sohaga bag‘ishlangan.

MAVZUGA DOIR: O‘zbekistonda bir yil ichida internet tezligi qanchaga oshdi?

Sessiyada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov shunday dedi:

“2020 yil internet tezligi 10 barobarga ko‘tariladi.

Biz bu yili “Bir million dasturchilar“ loyihasini amalga oshirishni reja qilganmiz. Bu loyiha Oliy ta’lim vazirligi va Xalq ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi“.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning yanvar oyida Shavkat Mirziyoyev dekabrdan boshlab O‘zbekistondagi xalqaro internet kanallarining o‘tkazuvchanligi 8-10 barobarga oshirilishi lozimligi haqida gapirib o‘tgan edi. 

Shundan so‘ng, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi internet tezligi masalasi bilan “O‘zbektelekom” AK shug‘ullanishini bildirgan edi.

“O‘zbektelekom” esa 2018 yilning 1 dekabr sanasidan O‘zbekistonda internet tezligi aynan Prezident aytganidek, 10 barobarga oshirilishini, hozirda texnik ishlar yakuniga yetkazilayotganini ma’lum qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан