Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana Yakkabog‘, yana olov, yana snos — Bosh prokuratura munosabat bildirdi
3.03.2020 18:01,  
1489

Joriy yilning 1 mart kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida fermer ishchisi unga qarshilik ko‘rsatgan ayollar ustiga kerosin sepib yuborgani videosi tarqalgan edi.

Qashqadaryo viloyat Prokuraturasi tomonidan “Yakkabog‘da fermer ishchisi ayollarni yoqib yubormoqchi bo‘ldi” sarlavhasi ostidagi video lavha o‘rganildi.

Mazkur holat tuman IIBdagi jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni ruyxatga olish kitobida kirimga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 14.01.2019 yildagi 14-sonli Qaroriga asosan yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida “O‘rta” MFY, “Xusn” qishlog‘i hududidagi 499, 470, 487q, 743q konturlaridagi 8 ta fermer xo‘jaligiga tegishli 11,5 gektar yer maydoni tuman hokimining 24.01.2019 yildagi qarorlariga asosan zahira yer fondiga qaytarilgan.

Tuman hokimining 27.07.2019 yildagi H-4696/07-sonli qarori bilan “Asqarov Muzaffar Jabborovich” fermer xo‘jaligiga mazkur 11,5 gektar yer maydoni qo‘shimcha ajratib berilgan.

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan 27.01.2020 yilda “Asqarov Muzaffar Jabborovich” fermer xo‘jaligiga yer maydonidagi olma va boshqa daraxtlar zamburug‘ va boshqa kasalliklarga chalinib, yaroqsiz holga kelganligi sababli daraxtlarni buzib, o‘rniga intensiv bog‘ barpo etish bo‘yicha yozma tavsiya berilgan.

Shunga ko‘ra, “Asqarov Muzaffar Jabborovich” fermer xo‘jaligi tomonidan 14.02.2020 yilda samarasiz bog‘ni buzishni boshlab, 29.02.2020 yil soat 13 larda bog‘ni buzish davom ettirilayotgan vaqtda, “Xusn” qishlog‘ida yashovchi bog‘ning sobiq egalari T.Omonov, M.Mansurov va boshqalar tayoq va tosh bilan bog‘ni buzishga qarshilik ko‘rsatib, janjalda ishtirok etayotgan ayollar 20 litrlik yelim idishdagi 5 litrlar chamasidagi dizel yoqilg‘isi qoldig‘ini haydov traktori ustiga sepmoqchi bo‘lganida haydovchi B.Normo‘minov yelim idishni ayollardan tortib olib, yoqilg‘i qoldig‘ini to‘kayotganida qarshilik ko‘rsatayotgan O‘.Burxonovaning ham ustiga to‘kilgan.

Haydovchi voqea joyidan ketganidan keyin T.Omonov va boshqalar tarqalishgan.

Hodisa yuzasidan tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i yer nizosi ishtirokchilari bilan uchrashib, “Asqarov Muzaffar Jabborovich” fermer xo‘jaligi rahbariga bog‘ni buzishni vaqtinchalik to‘xtatib turish va yerga egalik huquqi masalasi qayta ko‘rib chiqilishi tushuntirilgan, taraflar tushuntirishdan qanoatlanganlar.

Hozirda, Viloyat prokuraturasi va hokimligi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Yakkabog‘ tumanidagi 29.02.2020 yildagi voqea holatlari hamda yerga oid qonunchilik ijrosi ahvoli joyida o‘rganilmoqda.

Viloyat hokimi Zoir Mirzayev ushbu holatni rahbarlarning uquvsizligi bilan bog‘ladi va tumanning ayrim mutasaddilari adolatsiz hukm chiqarganini tanqid qildi deb yozmoqda mahalliy Nasaf news nashri.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Yakkabog‘ tumanida tadbirkor do‘konini buzishga uringani uchun tuman hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborgandi.

Mavzuga doir: «Mirishkor hokimi rahbarlikka nomunosib, kaltafahm, pastkash insonligini namoyon etdi» – Rasul Kusherbayev

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан