Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yana yuzga yaqin o‘zbekistonliklarda koronavirus aniqlandi
24.06.2020 17:05,  
519

2020 yil 24 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6847 (+92) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4588 (+28) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizning o‘nta xududidagi shifoxonalarida  davolanayotgan 2240 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 18 nafari og‘ir, 4 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘irligicha qolmoqda. Shifokorlarimiz har bir bemor hayoti uchun kurashmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан