Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fortune nashrining eng tez o‘sayotgan kompaniyalari reytingiga kirgan yagona MDH kompaniyasi nomi ma’lum qilindi
25.09.2019 12:43,  
464

Yandeks kompaniyasi Fortune nashrining dunyodagi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalari 100 taligiga kirgan yagona MDH kompaniyasi bo‘ldi. U reytingning 24-pog‘onasiga munosib ko‘rilgan.

O‘tgan yili kompaniyaning daromadi bir yil avvalgiga qaraganda 34 %ga ortib, 2.13 mlrd $ga, bozor qiymati esa 12.412 mlrd $ga yetgan.

Fortune 100 ro‘yxatining birinchi o‘nligiga AQSh, Xitoy hamda Bermud orollaridan ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar kirgan.

Birinchi o‘rinni Xitoyning Internet sohasidagi gigant kompaniyasi Momo egalladi. Kompaniya o‘tgan yili 141% lik daromadga erishib, jami 340 mln $ sof foyda ishlab topgan.

Ro‘yxatda Amazon.com va Facebook kabi texnogigantlar ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Fortune 100 — bu AQShdagi 100 ta eng yirik davlat va xususiy kompaniyalarning yillik ro‘yxati. Uning tarkibiga aksiyalari AQSh birjalarida sotiladigan va SEC (AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya)ga har chorakda hisobot taqdim etadigan kompaniyalar kiradi. Reytingda ular daromadlarning o‘sish sur’ati, har bir aksiyadagi daromadning o‘sishi va uch yil davomida yillik umumiy daromadlar bo‘yicha joylashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан