Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yandeks Google ustidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasiga murojaat qildi
25.02.2020 20:55,  
217

Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasida “Yandeks” MChJ (Rossiya) vakillari bilan Android operatsion tizimidagi mobil qurilmalar va planshetlarga ilovalarni oldindan o‘rnatish bo‘yicha raqobatni ta’minlash bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yandeks — Rossiyaning transnatsional shirkati, yandex.ru qidiruv tizimi hamda bir qator xizmatlar (50 dan ortiq onlayn xizmatlar) egasi.

Uchrashuv davomida qo‘mita vakillarining Yakdeksga ma’lum qilishicha, bugungi kunda aksariyat mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurash idoralari raqamli bozorni tartibga solishga diqqatini qaratmoqda.

Shu munosabat bilan Qo‘mita raqobat to‘g‘risidagi qonunga raqamli platformalarga, Internet xizmatlariga monopoliyaga qarshi talablarni joriy qilishni nazarda tutadigan qator o‘zgartirishlarni ishlab chiqdi va raqamli bozorlarda ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarini tahlil qilish va samarali boshqarish vositalari va usullarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, tomonlar Yandeks kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida taqdim etilayotgan xizmatlar to‘g‘risida fikr almashdilar.

Yandeks vakillarining ta’kidlashicha, bugungi kunda Google korporatsiyasi adolatsiz raqobat qilmoqda. Ular Android OT bazasidagi qurilmalarga ayrim ilovalarni majburiy o‘rnatmoqda.

Rossiyada shunga o‘xshash amaliyot hozirda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Davlat Dumasi Rossiyada smartfonlar, planshetlar, kompyuterlarga oldindan ayrim ilovalarni o‘rnatish to‘g‘risida Qonunni qabul qilgan edi. Qonun “Apple’ga qarshi qonun” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Sababi Apple o‘z qurilmalarida uchinchi tomon ilovalarini oldindan o‘rnatmaydi va qonun tufayli Rossiya bozorini tark etishi mumkinligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi “Apple’ga qarshi qonun” shartlarini Samsung birinchilardan bo‘lib qabul qildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан