Yandeks.Taksi xizmati yangi funksiyani taqdim etdi - endi ilova yordamida, bitta telefondan bir vaqtning o‘zida uchtagacha avtomobil chaqirish mumkin.
Bir nechta buyurtma berish uchun “Yana taksi chaqirish“ tugmasini bosing. U ekran pastida, xizmat siz uchun birinchi haydovchini qidirayotgan vaqtda paydo bo‘ladi.
Mashinalarni turli manzillarga va turli marshrutlar bo‘yicha chaqirish mumkin. Ilovada har uchta marshrutni ham, oddiy buyurtmadagi singari kuzatib turish mumkin. Ekran pastida - kichik kartochkalar bo‘lib, ularda marshrut holatiga qarab ma’lumot o‘zgarib turadi. Masalan, agar yo‘lga chiqish hozircha amalga oshmagan bo‘lsa, bu yerda mashina raqami va uning yetib kelish vaqti ko‘rsatiladi. Agar foydalanuvchi yo‘lda bo‘lsa - uning manzili va yo‘lga ketadigan vaqt ko‘rsatiladi. Ilova har bir buyurtma qachon boshlanib va qachon yakuniga yetganini ko‘rsatadi.
Ikki yoki uchta mashinani bir vaqtda chaqirish uchun, foydalanuvchi avvalroq Yandeks.Taksidan bir necha marta foydalangan bo‘lishi lozim.