Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi o‘quv yilidan 7-9-sinf o‘quvchilari uchun ham tanlov fanlari joriy etiladi
22.06.2020 11:46,  
466

Xalq ta’limi vazirligining xabar berishicha, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2020-2021 o‘quv yilida ham variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlari davom ettiriladi. Shu bilan birga tanlov yo‘nalishlari soni oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab, tajriba sifatida 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitila boshlandi.

"Variativ o‘quv rejalarini joriy qilishdan maqsad o‘quvchilarning o‘zi qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash va yuqori sinflarda o‘quv jarayonini kasblarga yo‘naltirilgan holda tashkil etishdan iborat.

Variativ o‘quv rejalarining joriy qilinishi ixtiyoriy bo‘lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o‘qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi" - deyiladi XTV xabarida.

Xalq ta’limi vazirining «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan 2019-2020 o‘quv yilida variativ o‘quv rejalari joriy etgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan tajriba-sinov yo‘nalishi yangi 2020-2021 o‘quv yilida ham davom etadi.

Buyruqqa ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada belgilangan umumiy haftalik dars soatlari hajmi saqlanib qolinadi.

Respublika ta’lim markazi joriy yilning 1 avgustiga qadar variativ o‘quv rejalar bo‘yicha namunaviy taqvim-mavzu rejalarni ishlab chiqaradi.

Yangi o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-, 8- va 9-sinflarida ham tanlov sinfini tashkil etish imkoniyati yaratilmoqda. O‘tgan o‘quv yilida tanlov sinflari 10-11-sinflar uchun joriy etilgan edi. 7-, 8- va 9-sinflarida ham o‘quvchilar vebfrilans bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Buyruq bilan tanlov sinflari yo‘nalishi 5 tadan 12 taga oshirilmoqda:

  • birinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - xorijiy til va filologiya yo‘nalishi;
  • ikkinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - moliya – iqtisod yo‘nalishi;
  • uchinchi yo‘nalish: 7-8-9-10-11-sinflar uchun - veb-frilanser (internet tarmog‘i orqali mehnat daromadi olish) yo‘nalishi;
  • to‘rtinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - texnologiya yo‘nalishi;
  • beshinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - tabiiy fanlar yo‘nalishi;
  • oltinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish;
  • yettinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi;
  • sakkizinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - kimyo texnologiya yo‘nalishi;
  • to‘qqizinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - geografiya va geologiya yo‘nalishi;
  • o‘ninchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - maktabgacha ta’lim va psixologiya yo‘nalishi;
  • o‘n birinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - tarix va arxeologiya yo‘nalishi;
  • o‘n ikkinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - turizm yo‘nalishi.

10-11-sinflarning tanlov sinfida variativ o‘quv rejani tajriba-sinovdan o‘tkazishda 9 ta majburiy fan o‘qitiladi: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, chet tili, tarix, tarbiya, matematika, informatika, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

Tanlov fani bo‘yicha qo‘shimcha ajratilgan soatlarda quyidagilar amalga oshiriladi:

  • o‘quvchilarga fanlarni chuqur o‘rgatish va tegishli mavzularga doir qo‘shimcha ma’lumotlar berish;
  • o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va mavzularni to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;
  • “Khan Academy Oʼzbek – Onlayn taʼlim platformasi” ta’lim resurslaridan foydalanish;
  • qo‘shimcha adabiyotlardan misol va masalalar, testlar (DTM saytidagi namunaviy testlar) yechish;
  • oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini jalb qilish;
  • o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlash.

Tanlov fanlarini chuqur o‘rgatishda darsliklardan tashqari, qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalanish mumkin. Bunda mualliflik o‘quv dasturlaridan amaliyotda foydalanishga Respublika ta’lim markazi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan taqdirda ruxsat etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан