Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​«Yangi O‘zbekiston» massivlari qurilishi uchun 2022 yilda 16 trln so‘m ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev
5.12.2021 16:47,  
120

O‘zbekiston bo‘ylab 2022 yil davomida quriladigan «Yangi O‘zbekiston» turar joy massivlari soni 22 tadan 29 taga ko‘paytirildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni ipoteka va qurilish materiallari masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Prezident 30 noyabr kuni yangi massivlar qurilishiga doir taqdimot bilan tanishgan edi. Taqdimot chog‘ida 2022 yilda 22 ta yangi massiv qurilishi ma’lum qilingan edi. Taqdimot haqidagi rasmiy axborotlarda «massivlarni infratuzilmaga ega joylarda qurish haqida ko‘rsatma» berilgani ta’kidlangan bo‘lsa-da, qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Odilov davlat rahbari massivlarni «viloyatlarning eng uzoq, e’tibordan chetda qolgan hududlari»da qurib, u yerlarga «infratuzilma, taraqqiyot olib kirish kerak»ligini uqtirganini aytib o‘tgan edi.

Shavkat Mirziyoyev 2 dekabrdagi videoselektor davomida «Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurish dasturi loyihasi qayta ko‘rib chiqilgani va unga ayrim o‘zgartishlar kiritilganini ma’lum qildi. Xususan, massivlarni qurish uchun «eng og‘ir tumanlar tanlangan, massivlar soni ham 29 taga ko‘paytirilgan». «Bu juda katta mablag‘ — 16 trillion so‘m. Shuni xalqqa halol yetkazsak, natijasi mutlaqo boshqacha bo‘ladi», — dedi prezident videoselektor davomida. Mirziyoyevning qo‘shimcha qilishicha, «massivlar bilan birga ish-joy bilan ham ta’minlansa, bu odamlarni rozi bo‘lishga da’vat qiladi».

Qayd etish joiz, prezident 30 noyabrdagi taqdimot chog‘ida ham «eng katta maqsadi — massivlarda kichik sanoat zonalari, tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etish orqali kamida 50 ming ish o‘rni yaratish» ekanini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev har bir yangi massivda kamida 1000 ta xonadon (kvartira) bo‘lishi maqsadga muvofiqligi, massivlar aholisi uchun ular yaqinidan 15 gektardan qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish zarurligini ta’kidlagandi.

O‘zbekistonning har bir hududida barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega «Yangi O‘zbekiston» mavzelarini qurish haqida dastlab Shavkat Mirziyoyevning 2021 yilgi prezident saylovi oldidan saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida so‘z bor edi. 2 noyabrdagi videoselektorda esa butun mamlakat bo‘ylab «Yangi O‘zbekiston» massivlari qurilishi, bu orqali keyingi besh yil ichida 250 mingdan ziyod xonadon qurilishi rejalashtirilgani bildirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан