Yangi qurib bitkazilgan So‘x aeroportiga dastlabki sinov parvozi amalga oshirildi

Yangi qurib bitkazilgan So‘x aeroportiga dastlabki sinov parvozi amalga oshirildi

Sinov parvozi Farg‘ona xalqaro aeroportidan Humo Air aviakompaniyasiga qarashli An-2P yo‘lovchi tashish samolyotida amalga oshirildi.

Barpo etilgan ushbu aeroport maydoni 7 gektar bo‘lib, uzunligi 700 metrni tashkil etadi. Qurilish ishlari uchun davlat byudjetidan 6,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Aeroport qurilishi 2020–2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini rivojlantirish to‘g‘risidagi prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan.