Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun: asosiy o‘zgarishlar
13.11.2019 09:22,  
147

O‘zbekiston Respublikasida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:

  • narxlarning;
  • bank tizimining;
  • to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.

Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati narxlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi.

Shuningdek, eski qonunga binoan, Markaziy bank tijoriy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas edi. Biroq, bundan Xalq bankining hamda “Mikrokreditbank” ATBning kapitallaridagi ishtiroki mustasno qilingan edi. Yangi qonunga binoan, Markaziy bank banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas.

Shuningdek, yangi qonunning 6 moddasida “Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, boshqa davlat organlariga va tashkilotlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining taqchilligini moliyalashtirish uchun kreditlar yoki moliyaviy yordam bermaydi”, -deyilgan.

Markaziy bankning ustav kapitali 500 (besh yuz) barobar oshirilib, 1 trillion so‘m etib belgilandi (13 modda).

Markaziy bankning oliy organi - bank boshqaruvi a’zolari soni 11 tadan 9 taga kamaytirilgan (19 modda).

Markaziy bank xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:

haq to‘lanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mustasno;

banklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish;

o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni oshkor etish yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab undan foydalanish.

Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik sub’yektlarining va boshqa sub’yektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi (25 modda).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан