Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi tahrirdagi “Shaharsozlik kodeksi” korrupsiya, tanish-bilishchilik kabi illatlarga sabab bo‘lishi mumkin — "Adolat" SDP
25.05.2020 19:31,  
148

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining videokonferensiya tarzidagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi qonuni loyihasining ikkinchi o‘qishga tayyorlangan matni deputatlar e’tiroziga sabab bo‘ldi.
 
1.  Shaharsozlik faoliyatida fuqarolar va jamoatchilikning ishtiroki masalasi yetarlicha ochib berilmagan. 

Oqibatda: aksariyat hududlardagi “qizil chiziq” masalasi ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu atama doirasida olib borilgan noqonuniy ishlar  fuqarolarning davlatga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini tug‘dirgani kabi holatlar kuzatilib turgan ayni kunlarda, bu holatning davom etishiga turtki bo‘ladi.

2.  Shaharsozlik faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi masalalari ham yetarli darajada berilmagan. Sohaga oid elektron ma’lumotlar bazasini mavjud emasligi, ochiq axborot portalidan foydalanish va ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash masalalari loyihada yechimini topmagan. 

Oqibatda: sohaga korrupsiyaning aralashuviga yo‘l ochishi mumkin. 

3.  Shaharsozlik hujjatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish masalasi, yoki  muhokamadan o‘tkazish zarurati bo‘lmasa xujjatlarni ko‘rib chiqmaslik holatlari ochib berilmagan. 

Oqibatda: buyurtmachi tomonidan jamoatchilik manfaatiga zid ravishda turli ob’yektlarni qurishdan avval jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan fikrlarni asoslantirmagan holda rad etish imkonini beradi. Shu bilan birga jamoatchilik sub’yektlarining xuquqlari cheklanishi olib kelishi mumkin.

4.  Loyihada ekspertizadan o‘tkazish muddati ko‘rsatib o‘tilmagan. 

Oqibatda: ekspertiza jarayonini ixtiyoriy muddatga o‘tkazish uchun sharoit yaratib berilishiga olib keladi. Natijada qurilish muddati cho‘zilishi va korrupsiyaning kelib chiqishi zamin yaratiladi.

5.  Aholi punktining bosh rejasini amalga oshirish muddati aniq belgilanmagan. 

Oqibatda: rivojlanish bosqichlarini amalga oshirishda ziddiyatlarga olib keladi. Bu esa xududning rivojlanishi, investitsiyalarni jalb etish, aholini ish bilan ta’minlashda turli muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 

Deputatlar mavjud kamchiliklar bo‘yicha “Adolat” SDP fraksiyaning takliflari qonun loyihasida o‘z aksini topishi lozimligi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан