Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga qanday o‘zgartishlar kiritilmoqda?
2.09.2019 12:53,  
93

Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, xalqaro va milliy ekspertlar bilan birgalikda yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqdi.

Moliya vazirligining xabar qilishicha, Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi. Bu maqsadni ko‘zlagan holda, unga soliq solish masalalarini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlar qoidalari, shu jumladan soliq stavkalari kiritildi. Loyiha soliqlarni undirish prinsiplari, yondashuvlari bo‘yicha boshqa mamlakatlarning amaliyotda sinalgan tajribasini qo‘llanilishiga asoslangan.

Soliq kodeksining amaldagi tuzilishi saqlanib qolgan, u umumiy qism (soliq ma’murchiligi masalalari) va maxsus qismga (soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning asosiy qoidalari) bo‘linishi nazarda tutilgan.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida taklif etilayotgan asosiy konseptual o‘zgartirishlar:

I. Maxsus soliq rejimlarining bekor qilinishi:

  • bozorlar uchun, ularni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazgan holda;
  • konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun, ularga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini joriy etgan holda. Bunda mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan davlat boji miqdorini pasaytirish nazarda tutilmoqda;
  • fakat advokatlik hay’atlari uchun notijorat tashkiloti maqomini saqlab qolgan holda, advokatlik byuro va firmalari umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi;
  • qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni umumbelgilangan soliqlarni yoki aylanmadan soliq to‘lashga o‘tkazgan holda. Bunda soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi uchun foyda solig‘i bo‘yicha «nol» stavkada va mol-mulk solig‘idan ozod etish belgilanmoqda;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan summada jismoniy shaxslar daromadidan soliq to‘lash tartibi saqlanib qoladi. Bunda ularga deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlash huquqi beriladi, bu soliq yukini yanada adolatli taqsimlash va mazkur soliq turi bo‘yicha berilgan imtiyozlarni qo‘llash imkonini beradi.

Soliq kodeksidan davlat boji, ayrim turdagi tovarlarni (alkogolli mahsulotlar) sotish huquqi uchun yig‘imi singari bo‘limlar chiqarib tashlanmoqda. Ularni alohida «Davlat boji to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida (yangi tahrirdagi) nazarda tutish taklif etilmoqda.

II. Umumiy qismga kiritilayotgan qo‘shimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan:

soliq to‘lovchilar va soliq organlarining huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish;

soliq organlariga tahlika-tahlil natijalariga ko‘ra (inspektor aralashuvisiz) vakolatli organ bilan kelishmagan holda, kameral, sayyor tekshiruvlar va soliq auditini tayinlash huquqini beradigan soliq nazoratini o‘tkazishning yangi tartibini joriy etish;

soliq auditini o‘tkazish, soliq nizolarini sudgacha tartibda hal etish, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlikning turiga qarab javobgarlik choralarini belgilash tartibini detallashtirish;

ortiqcha to‘langan soliq o‘z vaqtida qaytarilmaganligi uchun penya to‘lagan holda, soliq summasini o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish;

soliqlar to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha yangi dastaklarni, shuningdek kollegial organlar (komissiyalar) ishtirokisiz pullik asosda soliqlar to‘lanishini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish tartibini joriy etish;

soliq solishdan bo‘yin tovlashga qarshi tadbirlar belgilash bo‘yicha normalarni, shu jumladan «bitimlarni qayta malakalash» qoidalarini, «soxta bitimlar» bekor qilinishini, firibgarlikdan iborat bitimlar bo‘yicha chegirmalar taqdim etilmasligini belgilash.

III. Maxsus qismga kiritilayotgan qo‘shimchalarda soliqlarni hisoblab chiqarish mexanizmini va to‘lash tartibini takomillashtirish, shuningdek barcha soliq solish elementlarini aniqlashtirish va tartibga solish nazarda tutilgan.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarning 9 ta turi nazarda tutilgan, katta bo‘lmagan kompaniyalar (1 mlrd so‘mgacha aylanmaga ega bo‘lgan) uchun aylanmadan soliq ko‘rinishidagi maxsus soliq rejimi saqlanib qoladi.

Soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bo‘yicha asosiy o‘zgartirishlar:

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha:

  • batafsil kameral tekshiruv o‘tkazilganidan keyin soliq to‘lovchilarga QQS bo‘yicha «salbiy» saldoni qaytarish huquqi taqdim etiladi. Yirik soliq to‘lovchilar uchun uni soddalashtirilgan tartibda qaytarish ham nazarda tutilmoqda. Ayni paytda QQS bo‘yicha «salbiy» saldo faqat eksportyorlarga qaytarilmoqda;
  • asosiy vosita ob’yektlari, shu jumladan ko‘chmas mulk ob’yektlari xarid qilinganda (barpo etilganda) QQSni bir yo‘la hisobga olinishi joriy etiladi. Ayni paytda hisobga olish teng ulushlarda ketma-ket keluvchi 12 oy davomida, ko‘chmas mulk ob’yektlari bo‘yicha esa 36 oy davomida amalga oshirilmoqda;
  • QQSdan ozod bo‘lish huquqiga ega elchixonalar va xalqaro tashkilotlarga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan QQSsiz realizatsiya qilishning amaldagi tartibi o‘rniga QQSni soddalashtirilgan sxema bo‘yicha qaytarish taklif etilmoqda;
  • norezidentlar tomonidan ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarga soliq solish joriy etilmoqda;
  • davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar uchun QQS joriy etilmoqda, bu xususiy sektor bilan raqobatlashish imkonini beradi;
  • soliq to‘lovchilar tomonidan sodir etiladigan firibgarlik harakatlarini, shu jumladan rahbarlar (muassislar) yoki ularning oila a’zolari ehtiyojlari uchun tovar-moddiy boyliklarni tekinga berish, sotib olish va boshqa holatlarda, bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan;
  • hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash muddatlari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Chunonchi, katta bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar (choraklik aylanmasi 1 mlrd so‘mdan kam bo‘lgan) hisob-kitobni har oyda taqdim etishlari o‘rniga har chorakda taqdim etishi belgilandi;

Foyda solig‘i bo‘yicha:

  • ilgari soliq solingan shunday daromad summalari bo‘yicha hisobga olish mexanizmini joriy etish orqali dividendlarga pog‘onali soliq solishdan voz kechish taklif etilmoqda;
  • foizlarga to‘lov manbaida emas, balki ularni oluvchilarni soliqqa tortish tartibi joriy etilmoqda;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solinadigan bazani soddalashtirilgan tartibda tushumning 25 foizi miqdorida belgilash huquqi berilmoqda;
  • soliq solinadigan foydani texnologik asbob-uskunalar yoki ko‘chmas mulk ob’yektlarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga kamaytirish qismida imtiyozni bekor qilgan holda ularni xarid qilishda bir yo‘la amortizatsiya chegirmalari tartibi joriy etilmoqda;
  • avans to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotnomalar bekor qilinadi. Ular o‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra faqat yirik soliq to‘lovchilar uchun hisoblanadi;

Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha:

  • ob’yektlarni hisobga olish sifatini oshirish maqsadida taqdim etilgan imtiyozlarni bekor qilgan holda, alohida ob’yektlar (yer uchastkalari) bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkalarini joriy etish taklif etilmoqda;
  • belgilangan muddatda foydalanishga joriy etilmagan asbob-uskunalarga mol-mulk solig‘ining soliq solish ob’yektidan chiqarib tashlanmoqda;
  • yagona yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarish tartibi joriy etilmoqda;

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha:

suvdan quyidagi maqsadlarda foydalanganda oshirilgan (besh baravar miqdorda) soliq stavkalari qo‘llaniladi:

  • a) suvdan foydalanishning belgilangan limitlaridan ortiq hajmda foydalanilganda — oshgan qismiga;
  • b) ruxsat beruvchi hujjatlarsiz;
  • v) avtotransport vositalarini yuvuvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan foydalanganda.

Boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha to‘lovchilar toifasiga, soliq solish ob’yektiga va soliq solinadigan bazani belgilash tartibiga aniqlashtirishlar kiritildi.

Yangi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamalari 17 sentyabrga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан