Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi tashkil qilingan Geologiya universitetiga rektor tayinlandi
12.06.2020 16:24,  
471

Avvalroq, Prezident qarori bilan geologiya sohasida yuqori malakali va zamonaviy fikrlovchi oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlovchi Geologiya fanlari universiteti tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Universitetda talabalar O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari asosida geologiya va konchilik yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha, ular bilan erishiladigan kelishuvlarga muvofiq o‘qitiladi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar Davlat geologiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yili uchun Universitetga talabalarni qabul qilish jarayoni talabga muvofiq o‘tkaziladi.

Hukumat qarori (373-son, 11.06.2020 y.) bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi Bobir Farxadovich Islamovga Geologiya fanlari universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.

Shuningdek, universitet 2020-2021 o‘quv yilida I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан