Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi tug‘ilgan chaqaloq vaznining og‘ir bo‘lishi sog‘lomlik belgisimi?
28.09.2020 16:47,  
441

Yurtimizda onalik va bolalikni himoya qilish, onalarning tibbiy savodxonligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ammo hanuzgacha ko‘pchilik onalar orasida reproduktiv salomatlik borasida yetarlicha tushuncha yo‘q. Bu haqda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining umumiy amaliyot shifokorlari malakasini oshirish kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Marg‘uba Rasulova Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bilan suhbatda ma’lumot berdi.

Savol: Onalik va bolalik bilan bog‘liq asosiy muammolar reproduktiv salomatlikka amal qilmaslik natijasida kelib chiqmoqda. Reproduktiv salomatlik o‘zi nima, ayni paytda unga rioya qilish aholi orasida qay darajada?

Javob: Reproduktiv salomatlik bu — reproduktiv tizimdagi kasalliklarni (bepushtlik, turli nuqsonlar, rak va rak oldi kasalliklari) bartaraf etib, sog‘lom bola tug‘ilishiga er-xotin juftliklarini tayyorlabgina qolmay, balki tug‘ilgan zurriyotni jismonan baquvvat, aqlan zukko, ijtimoiy barkamol avlod etib tarbiyalashga zamin yaratishdir. Reproduktiv salomatlikka rioya qilmaslikka bir necha omillarga sabab bo‘lishi mumkin. Bular:

  • er-xotinlarda surunkali noinfeksion va ginekologik kasalliklarning mavjudligi;
  • tug‘ruqlar orasidagi 3-3,5 yillik oraliq saqlanmasligi;
  • 20 yoshga yetmay yoki 35 yoshdan oshib farzand ko‘rish;
  • qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh;
  • kam ta’minlangan, nochor oilalardagi yetishmovchiliklar;
  • notinch, janjalli oilalardagi salbiy muhit.

Reproduktiv salomatlikni yaxshilash uchun yuqorida sanalgan xavf omillarini kamaytirish, reproduktiv huquq — ya’ni, er-xotinlarni bolalar soni, ular tug‘ilishidagi oraliq, ularning tug‘ilish vaqti, zamonaviy kontratsepsiya vositalaridan foydalanish, bolani ko‘krak suti bilan boqishga e’tibor berish va buning uchun shart bo‘lgan ma’lumot va vositalarga ega bo‘lish borasida asosiy huquqlarini xabardor bo‘lish kerak.

Savol: Onalarda tibbiy madaniyatning yuksak bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Javob: Har bir onaning tibbiy madaniyati yuqori bo‘lishi kerak. Chunki sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom oilani shakllantirish masalalari reproduktiv salomatlik bilan uzviy bog‘liq. Tibbiy madaniyati yuqori bo‘lgan onaning farzandi ham har doim sog‘lom bo‘ladi. Bunday onalar bolasini emlash kalendari bo‘yicha oilaviy poliklinikaga olib borib, o‘z vaqtida emlatadi va yuqumli kasalliklardan saqlaydi. Bolani yoshligidan shaxsiy gigiyena qoidalariga o‘rgatib, gijja kasalliklaridan asraydi. Bolaga tish yuvish madaniyati, ovqatlanish va shaxsiy gigiyenani saqlashni o‘rgatib boradi. Bolaga bor e’tiborini qaratib, ertaklar aytib, o‘yinchoqlar o‘ynatib, kitob o‘qib, rasm chizdirib), uni intellektini rivojlantiradi. Ona kasalmand bo‘lgach, bolani boqishga, uni tarbiyalashga kuchi ham, vaqti ham yetmaydi. Onalik madaniyatining muhimligi shundaki, bu bola bilan birga onaning o‘z-o‘zini ham tarbiyalab, uni oilaviy salomatlikning asosiy sababchisiga aylantiradi.

Savol: Yangi tug‘ilgan chaqaloq — yangi bir hayot. Ko‘pchilik oilalar bola qancha og‘ir vazn bilan tug‘ilsa, shuncha yaxshi, shuncha sog‘lom bo‘ladi, deb o‘ylashadi, shu to‘g‘rimi?

Javob: Yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni 2,5 kilogrammdan 4 kilogrammgacha bo‘lishi kerak. Homilaning o‘smay qolishiga ko‘plab sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan, bachadon ichi infeksiyasi, tug‘ma nuqsonlar, irsiy omillar, qon quyulishi va hokazolar. Homila vaznining oshib ketishi ko‘pincha ota-onaning tibbiy holatiga, ulardagi metabolik o‘zgarishlari, ayniqsa, homiladorlik paytida qandli diabetning rivojlanishiga bog‘liq. Buni normallashtirish uchun ular kasallikni keltirib chiqaruvchi xavf omillaridan o‘zlarini asrashi va vaqtida davolanishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан